Mehnat bozoridagi kuchli raqobat, sun’iy intellektning tez rivoji va ishdan bo‘shatilish xavfi Z avlod vakillarini yangi psixologik hiylaga — “fetlvotchung”ga yuz tutishga majbur qilmoqda. Bu boshqalarning xato qilganini kuzatish orqali o‘z tashvishini vaqtincha yengillashtirish jarayonidir.
Ko‘plab yosh mutaxassislar ortiqcha vazifa, yuqori talablar va doimiy o‘zini isbotlash bosimi ostida ishlaydi. Shuning uchun ofisda yoki onlayn uchrashuvlarda kimningdir kichik xato qilgani ularga “faqat men emas ekanman” degan tasalli berib, ichki zo‘riqishni qisqa muddatga kamaytiradi.
Biroq Good Men Project mutaxassislari bu odatning xavflari mavjudligini ta’kidlaydi. Feylvotching muntazam odatga aylansa, inson o‘ziga sezilmay jamoada salbiy muhit yaratishi, nizolar ko‘payishi va doimiy negativ fikrlash shakllanishi mumkin.
Ekspertlar sog‘lom ish muhitini saqlash uchun quyidagilarni tavsiya etadi:
• Diqqatni boshqalarning xatosiga emas, o‘z vazifalaringizga qarating.
• Xato qilayotgan hamkasbni kuzatish o‘rniga yordam taklif qiling.
• Shaxsiy va kasbiy chegaralarni biling — har kim xato qiladi.
• Agar siz ta’qib yoki bosim ostida qolsangiz, HR yoki rahbariyatga murojaat qiling.
Xulosa qilib aytganda, feylvotching qisqa vaqtga tinchlik berishi mumkin, ammo jamoaning haqiqiy farovonligi uchun qo‘llab-quvvatlash, hurmat va ochiq muloqot har doim birinchi o‘rinda turadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/InUUexV-b6E?si=OCNkklxqptqvMLo9" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA