Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuzlab insonlar dardiga darmon bo‘lib...
08:04 / 2024-10-10

Bugungi kunda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bir qator professorlar aholi salomatligi yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelmoqda. Tajribali jarroh Oleg Madgaziyev ulardan biri.

V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tashkil etilganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan Oleg Madgaziyev Prezident Farmoniga ko‘ra II darajali «Salomatlik» ordeni  taqdirlandi.

[gallery-19670]

Qo‘li yengil, yuzlab insonlar dardini aritgan  jarrohning bunday  yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lgani tibbiyot markazi jamoasini birdek quvontirdi. Oleg Madgaziyevni tabriklovchilar, quvonchiga sherik bo‘luvchilar ko‘p bo‘ldi. Bildirilgan samimiy tilaklar va dil izhorlarida uning mehnatsevarligi, kasbi va kasbdoshlarini ardoqlashi, ustozlari qatorida bor bilim-mahoratini shogirdlariga sidqidildan o‘rgatayotgani e’tirof etildi.  

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA