Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuzlab ayollarga ko‘makdosh bo‘lgan Dilfuza
13:50 / 2025-07-31

FOTOREPORTAJ

Bugungi kunda yurtimizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish yo‘lida keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Buning samarasini o‘z biznesini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlardan biri, farg‘onalik Dilfuza Mamadiyeva faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin.

Dizayner, tikuvchi, stilist-vizajist Dilfuza Mamadiyeva hozirga qadar 650 nafar xotin-qizga kasb-hunar o‘rgatish barobarida Farg‘ona shahri markazida tikuvchilik sexini ham tashkil etgan.  

[gallery-24552]

– 6-sinfda o‘qib yurgan paytlarimda mahallamizdagi Malika opadan tikuvchilikning ilk saboqlarini olganman, - deydi Dilfuza Mamadiyeva. – Shundan so‘ng asta-sekin tikish-bichish, dizaynerlik sirlarini qunt bilan egallashga kirishdim. Shu bilan bir paytda maktabdagi tahsildan so‘ng Farg‘ona davlat universitetida o‘qib, magistratura bosqichini ham tamomladim.

Dilfuza Mamadiyeva xorijiy davlatlarga borib, o‘z sohasiga oid ko‘rgazmalarda, o‘quv-seminarlarda qatnashib, xalqaro tajriba orttirgan, xususan, moda industriyasi, marketing va savdo usullarini o‘zlashtirgan. Bu tajribalarni faoliyatiga joriy etish orqali ishlab chiqarishni kengaytirdi, mahsulot dizaynini zamon talabiga moslashtirdi. Uning yana bir orzusi viloyatdagi barcha tadbirkor ayollarning mahsulotlarini namoyish etish va sotish imkonini beruvchi doimiy ko‘rgazma markazini tashkil etish. Shu orqali ayollarning salohiyatini namoyon qilishga ko‘maklashishni ko‘zlab turibdi.

Har bir yutuqning ortida sabr, mehnat va to‘xtovsiz harakat turadi. Dilfuza Mamadiyeva aynan shunday fazilatlari bilan yuzlab xotin-qizlarga ibrat bo‘lmoqda.

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA