Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuzga yaqin talabaning nomzodi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan maʼqullandi
20:27 / 2019-04-28

Mamlakatimizda talaba-yoshlarni har jihatdan qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.


Mamlakatimizda talaba-yoshlarni har jihatdan qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, oliy oʻquv yurtlari tomonidan moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun tavsiya etilayotgan talabalarning oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi oʻquv yilining birinchi semestrida 86 foiz va undan yuqori boʻlishi talab etiladi.

Joriy yilda taʼlim sohasida moddiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihada ishtirok etish istagini bildirgan Buxoro viloyatidagi toʻrt oliy oʻquv yurti talabalarining 476 nafari ariza bilan murojaat qildi.

Daʼvogarlar orasida munosiblarni saralashda, ularning nafaqat yaxshi yoki aʼlo baholarda oʻqishi, fan olimpiadalari va sport musobaqalaridagi natijalari, balki, oliy taʼlim muassasasi faoliyatidagi maʼnaviy-maʼrifiy va jamoat ishlarida, Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkiloti, mahalliy va hududiy kengashlari, mazkur tashkilot markaziy kengashi tomonidan tashkil etiladigan loyiha hamda tadbirlaridagi faolligiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

photo_2019-04-28_20-27-59.jpg

Tanlab olingan 97 talabaning nomzodi Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan maʼqullandi.

Kuni kecha viloyat Yoshlar markazida bakalavriat va magistratura bosqichlarida taʼlim olayotgan yoshlarga toʻlov-kontrakt toʻlovini toʻlab berilishi toʻgʻrisidagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

– Albatta, sovrindor boʻlganimdan xursandman, – deydi Buxoro davlat universitetining ingliz tili filologiyasi yoʻnalishida taʼlim olayotgan Sherzod Sharopov. – Yoshlar ittifoqi tomonidan qoʻllab-quvvatlanishim oilamiz byudjeti uchun katta madad boʻldi. Qolaversa, bu meni fanlarni chuqur oʻzlashtirish, Yoshlar ittifoqi tashkiloti loyihalarida yanada faol ishtirok etishga, izlanishga ragʻbat uygʻotadi.

Taʼkidlash kerak, joriy oʻquv yilida toʻlov-kontrakt shartnomasi asosida taʼlim olayotgan buxorolik talaba-yoshlarga Yoshlar ittifoqi markazi kengashi tomonidan toʻlab berilgan jami mablagʻ qariyb 304,2 million soʻmni tashkil etmoqda.

photo_2019-04-28_20-28-01.jpg

photo_2019-04-28_20-28-02.jpg