Yuz yillik daraxt kesildi
Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan Qorako‘l tumani Xirs qishlog‘ida yuz yillik daraxtlar noqonuniy ravishda kesilganligi bo‘yicha tuman Ichki ishlar bo‘limiga qonunbuzarlikni sodir etgan shaxsni aniqlash maqsadida Ichki ishlar bo‘limiga hujjatlar taqdim etildi.
Natijada, qonunbuzarlikni sodir etgan shaxs aniqlanib, fuqaro I.N. haqiqatdan ham to‘rt tup manzarali daraxtni kesganligi uchun tuman sudi tomonidan fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan 10 300 000 so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 97 000 000 so‘m deb belgilandi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.