1 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni. Ushbu sana doirasida diplomatik vakolatxonalar vakillari, elchilar, xorijiy ekspertlar hamda xalqaro tashkilotlar rahbarlari o‘zbek xalqini qizg‘in qutlayapti. Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun ham ulug‘ ayyom – Mustaqillik bayrami bilan xalqimizni tabrikladi.
– Do‘st xalq – O‘zbekiston elini Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Yurt ravnaqi yo‘lida har bir fuqaroga sog‘lik-salomatlik va farovonlik tilaymiz, istiqbolli kelajak qurishda omad yor bo‘lsin. Xitoy mehmondo‘st va oliyjanob o‘zbek xalqi bilan munosabatlarni rivojlantirishdan mamnun. Bilamiz, O‘zbekiston mustaqillik yillarida kuchli davlat barpo etish yo‘lida katta ishlar, uzoqni ko‘zlagan islohotlarni amalga oshirdi. Ayniqsa, hurmatli Prezident Shavkat Mirziyoyevning oqilona siyosati tufayli Yangi O‘zbekiston qurilishi muvaffaqiyatli tarzda ilgarilab bormoqda.
Mamlakatingiz iqtisodiyoti tez sur’atlarda rivojlanayotgani, ekologiya kundan-kunga yaxshilanayotgani va boshqa sohalar ham shu kabi taraqqiy etayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. O‘zbekiston bizning eng asosiy va strategik hamkorlarimizdan biri sanaladi. Xitoy xalqi bundan juda mamnun va manfaatdor.
Qolaversa, O‘zbekistonning ravnaqi uchun sa’y-harakatlarimizni yanada oshirishga tayyormiz. Albatta, bu ikki mamlakat manfaatiga xizmat qiladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2ZONfYYrgp4" title="Yuy Szyun: “Xitoy O`zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishdan mamnun”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz Xudoyberdiyev, Iskandar Ismatov (video), O‘zA