O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga bu yil 32 yil to‘ldi. Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun mazkur sana munosabati bilan O‘zA orqali o‘zbek xalqiga tabrik yo‘lladi.
— So‘nggi yillarda O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash sohasida katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Masalan, parlament saylovlarida ayol deputatlar soni sezilarli darajada oshdi. Bu esa rahbariyat, jamiyat va butun xalq inson huquqlarini ta’minlashga katta ahamiyat berib kelayotganini bildiradi. Menimcha, bu sohada O‘zbekiston yanada katta yutuqlarga erishadi.
Hurmatli Prezident rahbarligida hozirda mamlakatda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu butun xalq uchun umumiy maqsadlar va yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida bu maqsadlar aniq belgilab berilgan. Masalan, ushbu strategiyada inson huquqlarini ta’minlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish kabi muhim vazifalar belgilangan.
Konstitutsiya kuni – O‘zbekiston xalqi uchun ulkan bayramdir. Xitoy O‘zbekiston uchun ishonchli sherik va yaqin qo‘shni sifatida buni qo‘llab-quvvatlaydi. Biz O‘zbekistonda tinchlik, farovonlik va rivojlanishni ko‘rib xursandmiz. O‘zbekiston xalqi bilan birgalikda barqaror taraqqiyot sari oldinga intilamiz. Xalqingizga baxt-saodat va “Yangi O‘zbekiston” qurish yo‘lida yanada katta yutuqlar tilaymiz.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Eg_SiHGM_ZA?si=p5DJpt5t6m-MR_y6" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz Xudoyberdiyev,
Asliddin Alijonov (video),
O‘zA