Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yuventus” va “PSJ” yana taxtda
17:25 / 2019-04-22

Dam olish kunlari kuchli beshlik chempionatlarida navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.


Dam olish kunlari kuchli beshlik chempionatlarida navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Unda bir qancha e’tiborga molik natijalar qayd etildi. Jumladan, Liga 1 va A seriyada kutilgan chempionliklar muddatidan oldin rasmiylashtirildi.

20 aprel sanasida “Alyans Stadium” stadionida Massimiliano Allegri shogirdlari “Fiorentina” klubini qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada “Yuve” turnir yakunlanishiga 5 tur qolganida Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Rasman 117-mavsum o‘tkazilgan birinchilikda turinliklar o‘z tarixida 35-, ketma-ket esa 8-marotaba “skudetto” sohibiga aylandi. Shuni qayd etish joiz, mazkur natija kuchli beshlik chempionatlarida yangi rekordga aylandi. Bundan oldingi rekord 2002-2008 yillar oralig‘ida, Fransiyada qatorasiga 7 marta tengsiz bo‘lgan “Lion” klubiga tegishli edi.

Fransiyada ham chempion muddatidan oldin aniqlandi. Ketma-ket mag‘lubiyatlardan so‘ng “Pari Sen-Jermen” klubi yakshanba kuni navbatdagi chempionlikni qo‘lga kiritdi. 33-turda “Tuluza” jamoasining turnir jadvalida 2-o‘rinda borayotgan “Lill”dan ochko tortib olishi va oradagi farqning 16 ochkoga yetishi Tomas Tuxel shogirdlariga g‘oliblikni taqdim etdi. Shu tariqa parijliklar mazkur sovrinni so‘nggi 8 mavsumda 7-marotaba, o‘z tarixida esa 8-bor yutib olishdi.