Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Yutuqli obuna" aksiyasining ilk g‘oliblari taqdirlandi
18:04 / 2022-01-13

Jamiyatimiz hayotida demokratik prinsiplarni mustahkamlashda OAV, xususan, bosma nashrlarning o‘rni katta. Matbuot nashrlari aholini xolis va haqqoniy axborot bilan ta’minlash barobarida, voqea-hodisalarni tarixga muhrlab qoldirishi jihatdan ham eng ishonchli manba hisoblanadi. Bundan tashqari, gazeta, jurnallar ayrim ijtimoiy tarmoqlardan farqli ravishda, odob-axloq va adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilib, aholi orasida chin ma’noda ma’rifat tarqatib keladi.

"Adolat" milliy huquqiy axborot markazi muassisligida chop etilayotgan "O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami", "Inson va qonun" gazetasi, "Huquq va burch" jurnali aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy axborotlarni tayyorlash va tarqatishda ana shunday nufuzli nashrlar sirasidan hisoblanadi.

Ushbu nashrlarda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, qonunchilikdagi eng muhim yangiliklar, hayotiy zaruratga aylangan huquqiy bilimlar, ogohlikka chorlovchi tahliliy, ilmiy materiallar keng yoritib boriladi.

Mazkur chiqishlar o‘z-o‘zidan nashrlarning jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada oshirishda ulkan hissa qo‘shib kelayotganini ham belgilaydi.

Xabaringiz bor, 2022 yil uchun ushbu nashrlarning obuna ishlarini faol tashkil etish doirasida "Yutuqli obuna" aksiyasi e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra, har bir hududda eng ko‘p obuna ishlarini tashkil etgan adliya bo‘limi va davlat xizmatlari markazlari xodimlarini qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlash nazarda tutilgan.

Jumladan, gazetaga 50 ta, jurnalga 30 ta hamda to‘plamga 5 tadan ko‘p obuna tashkil etgan hududiy adliya boshqarmalari, tuman ( shahar) adliya bo‘limlarini zamonaviy televizor bilan mukofotlash belgilangan.

Aksiya doirasida Sirdaryo viloyatining Oqoltin va Sardoba tumanlari yuqoridagi nashrlarning obunasini targ‘obitini yuqori darajada tashkillashtirib qimmatbaho sovrinlarga ega bo‘ldi.

 Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, jamiyatni huquqiy axborot bilan ta’minlash nafaqat bir idoraning, balki barcha davlat organlarining muhim vazifasi hisoblanadi. Eng asosiysi, zarur huquqiy axborotni davlat idoralari xohlagan vaqtda emas, fuqarolar xohlagan vaqtda topish va foydalanish imkoniyatining yaratilishi jamiyat uchun juda muhimdir.

Qayd etish kerak, "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi bu borada o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, jumladan, huquqiy nashrlar faoliyatini ommalashtirish, huquqiy axborotni tarqatishning yangi innovatsion usullarini keng joriy qilish bo‘yicha muntazam amaliy choralar ko‘rib boradi.