Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yutuqlar ko‘p, ammo bu muammo yo‘q degani emas
16:09 / 2021-06-25

«Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda global parlamentlararo hamkorlik» Xalqaro forumi doirasida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi.

Hujjatda yoshi, jinsi, nogironligi, irqi, millati, kelib chiqishi, dini va iqtisodiy va boshqa holatidan qat’i nazar, barcha shaxslarning siyosiy jarayonlarda ishtirokini ta’minlash nazarda tutiladi. Shuningdek, deklaratsiyaga muvofiq parlamentlar global pandemiyaning iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda asosiy ustuvor yo‘nalishlar va indikatorlarga ega Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga doir dasturlarni (rejalarni, «yo‘l xaritalari»ni) ishlab chiqish va tasdiqlashga jalb etiladi.  

 Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish jarayoniga fuqarolik jamiyati, xususan, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar, xayriya tashkilotlari, xususiy sektor, ilmiy muassasalar va boshqa barcha darajadagi manfaatdor tomonlar ham faol jalb etiladi. Buxoro deklaratsiyasi Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha boshqa yo‘nalishlarini ham qamrab olgani bilan ahamiyatli.  

 Barqaror rivojlanish maqsadlari 17 ta maqsaddan iborat bo‘lib, mamlakatimizda ularning har biri bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.  

 Masalan, 1-maqsad asosida aholining kam ta’minlanganlik darajasini па­сайтиришга jiddiy kirishilib, 2015 yilda 12,8 foiz bo‘lgan bu ko‘rsatkichni 2019 yilga kelib 11 foizga tushirishga erishildi.  

 Oziq-ovqat xavfsizligini мус­taҳkamлаш esa 2-maqsad hisoblanadi. Bu borada amalga oshirilgan ishlar natijasida O‘zbekiston 2020 yilda Ovqatlanish ratsionini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish global indeksida 6,7 ball bilan 107 davlat orasida 30-o‘rinda qayd etildi va ochlik darajasi past bo‘lgan mamlakatlar guruhiga kiritildi. Albatta, bunga o‘z-o‘zidan erishilgani yo‘q. BRMning bajarilishi borasida ko‘plab dalillar keltirishimiz mumkin. Biroq bu barcha maqsadga erishib bo‘ldik, degani emas, hali oldimizda qilinishi zarur bo‘lgan ko‘plab vazifalar turibdi. Ularni amalga oshirishda ham xalqaro hamkorlikka, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalariga tayaniladi. Bu borada Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro forum ayni muddao bo‘ldi. Umuman olganda, nafaqat O‘zbekiston tarixida, balki jahon miqyosida ilk marotaba o‘tgan forum Barqaror rivojlanish maqsadlarini hayotga tatbiq etishda muhim o‘rin tutadi.  

 

Ismoil Saifnazarov, falsafa fanlari doktori, professor