Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yutuq va kamchiliklar sarhisobi
16:49 / 2023-02-07

Buxoro viloyatida yerlarning elektron xaritasini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyatning jami 4 million 183 ming gektar yer maydonidan 2023 yil 1 yanvar holatiga “UZKAD” tizimida 3 million 892 ming gektari hisobga olingan. 3,7 million gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Bu haqida davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan 2022 yil yakunlari va joriy yildagi istiqbolli rejalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lumot berildi.  

Shuningdek, davlatimiz rahbari topshirig‘iga ko‘ra viloyat bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tmagan 293 mingdan ortiq xonadonni xatlovdan o‘tkazish ishlari va ularni “UZKAD” axborot tizimiga kiritish jarayonlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida bajariladigan vazifalar muhokama qilindi.  

Kadastr pasportini shakllantirish va mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni sifatli va o‘z vaqtida tashkil etish yuzasidan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i Mirshod Shukrulloyevning hisoboti  tinglandi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda murojaatchi va xodimlarga qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan yangi mexanizm haqida atroflicha tushuntirish berildi.  

Kun tartibidagi so‘ngi masala ijro intizomi hamda murojaatlarni o‘z muddatida ko‘rib chiqishning yakuniy holati hududlar kesimida tahlil qilinib, aholini rozi qilish tashkilotning eng ustuvor yo‘nalishi ekanligi  ta’kidlandi. Shu kuni boshqarma bo‘lim boshliqlari hamda hududiy rahbarlarning hisobotlari ham tinglandi. 

Muhokamalarda Davlat kadastrlari palatasi raisining o‘rinbosari Ravshan Nishonov qatnashdi.   

Zarif Komilov, O‘zA