Yusupov Nodir Baxriddinovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quvchilarni virtual ta’lim vositasida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” mavzusida
Yusupov Nodir Baxriddinovichning 13.00.05 - Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quvchilarni virtual ta’lim vositasida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 19-aprel kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Chimboy-2, 96-uy.
Tel: 71-246-92-17; faks: 71-246-90-37.
e-mail: pedagogikinnovatsiyalar@edu.uz