Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi tashkil etiladi
19:43 / 2023-07-12

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11 iyul kuni imzolangan “Respublikada milliy askiya va qiziqchilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Xususan, markaz tomonidan askiya va qiziqchilik ijrochiligi yo‘nalishida “ustoz-shogird” an’analarini rivojlantirish, iste’dodli yoshlarni tarbiyalash, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, madaniyat va ta’lim muassasalarida askiya va qiziqchilik san’ati to‘garaklarini tashkil etish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, o‘zbek xalq og‘zaki ijodining askiya va qiziqchilik san’atini saqlash va targ‘ib etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Bu borada ijodkorlar, folklorshunos olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi.

Askiya va qiziqchilik bilan shug‘ullanuvchi ijodkorlarga har tomonlama ko‘maklashish, ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol ishtirokini ta’minlash, mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda gastrol faoliyatini amalga oshirish, festival, ko‘rik-tanlov, ijodiy kechalar, askiya va qiziqchilik tomoshalarini tashkil etish ham markazning vazifalari sirasiga kiradi.

Hujjatning yana bir muhim jihatiga to‘xtalamiz. Endi askiya va qiziqchilik san’atining payrov, qofiya, bahri-bayt, afsona, radif, aytishuv, rabbiya kabi noyob shakllarini asrash va targ‘ib etish, sahnaviy syujetlarini rivojlantirish hamda iste’dodli so‘z ustalarining ijod fondini va maxsus adabiyotlarni yaratishga kirishiladi.

O‘zA