Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yusuf Rizo G‘iloni: O‘zbekiston Prezidenti tomonidan amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar e’tirofga munosib
09:51 / 2025-04-10

Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi o‘z ishini yakunladi. Toshkentda deyarli bir hafta davom etgan nufuzli xalqaro anjuman parlamentlararo muloqotni, o‘zaro hamkorlik va tinchlikni mustahkamlash yo‘lida turli mamlakatlar parlament a’zolarini birlashtirgani bilan yodda qoldi.

 Ushbu tarixiy Assambleya O‘zbekiston parlamenti mezbonligida muvaffaqiyatli o‘tkazildi va unda dunyo parlamentlaridan, xalqaro va kuzatuvchi tashkilotlardan vakillar ishtirok etdi.

 Tadbirda 100 dan ortiq parlament spikerlari va spiker o‘rinbosarlari ishtirok etgani geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchaygan bir paytda parlament diplomatiyasi an’anaviy xalqaro munosabatlarda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatdi.

 Nufuzli anjumanda O‘zbekistonga yaqin do‘st va hamkor davlat bo‘lgan Pokiston Islom Respublikasi delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi.  

 Pokiston Islom Respublikasi parlamenti Senati Raisi Yusuf Rizo G‘iloni boshchiligidagi delegatsiya, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tashrif buyurdi.

 Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Pokiston parlamentlararo munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.  

 Tomonlar ikki davlat parlamentlaridagi do‘stlik guruhlari faoliyatini kuchaytirish, qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish, yosh parlament a’zolari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, parlament institutlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishdi.

 Assambleya doirasida intervyu bergan Pokiston Senati Raisi Yusuf Rizo G‘iloni ayollarning salohiyatini oshirish, ayollar, yoshlar roli bugungi kunda dunyoda muhim masalalardan biri ekanini ta’kidladi.  

 – O‘zbekiston Prezidenti tomonidan amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar e’tirofga munosib, - dedi Pokiston parlamenti Senati Raisi. – U mamlakatni isloh qildi. Assambleya ishi yuqori saviyada o‘tkazildi. Men buning uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

 Pokiston parlamenti a’zosi Farooq Hamid Nayk O‘zbekiston Prezidenti xalqaro masalalarga oid keng qamrovli nutq so‘zladi, bu chiqishni biz yuqori baholaymiz, deb ta’kidladi. Umuman, Tashkentda bo‘lib o‘tgan assambleya muvaffaqiyatli o‘tdi. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, talabalar, madaniyat arboblari, siyosatchilar va sportchilar o‘rtasida almashinuvlarni rivojlantirish zarur, deb hisoblaymiz. Bu xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Kelgusida o‘aro hamkorligimiz yanada rivojlanishiga ishonaman.   

Norgul Abduraimova,

O‘zA