Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yusuf BURAK RENDE: Turkiy davlatlarda yilning 300-320 kuni quyoshli
14:07 / 2022-10-14

Turkiy davlatlar tashqi siyosiy tadqiqotlar markazlarining TDT maydonida savdo-iqtisodiy kooperatsiya va transport-logistika bog‘liqligini rivojlantirish masalasiga bag‘ishlangan 8-yig‘ilishida ishtirok etayotgan Turkiya Tashqi ishlar vazirligining energetika va ko‘p tomonlama transport masalalari bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari Yusuf Burak Rende ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda tashkilot doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikning hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarini rivojlantirish muhimligiga urg‘u berdi:

– Jahonda keskin geosiyosiy va geoiqtisodiy holat hukm surayotgan bugungi murakkab bir vaziyatda Anqara muqobil energiya manbalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Masalan, Xalqaro energetika agentligi taxminiga ko‘ra, 2024 yilga kelib Turkiyada qayta tiklanadigan energiya manbalari amaldagi quvvati hozirgiga nisbatan 49 foiz o‘sib, 21 ming MVTga yetadi. Turkiy davlatlar tashkiloti tarkibidagi barcha mamlakatlar xuddi shunday salohiyatga ega. Zero, butun mintaqamizda hukmron iqlim sharoiti mazkur yo‘nalishni rivojlantirish uchun yetarli shart-sharoit yaratadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP) ma’lumotiga ko‘ra, turkiy davlatlarda yilning 300-320 kuni quyoshli hisoblanadi.

 

A’lo Abdullayev(surat), O‘zA