Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizning madaniy va tarixiy merosini muhofaza qilishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi
11:48 / 2024-06-19

Fransiya poytaxti Parijda YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova va O‘zbekistonning YUNESKO huzuridagi doimiy vakili Kamol Muxtorovning YUNESKO Jahon merosi markazi direktori Lazar Elundu Assomo bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizning madaniy va tarixiy merosi, shu jumladan, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va Xivadagi jahon merosi ob’ektlarini muhofaza qilish, boshqarish hamda asrab-avaylash sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Muloqot chog‘ida 1972 yilgi Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq “Wilmotte & Associés” va “Deloitte” kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan Buxoro shahrining bosh rejasini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

O‘zbekiston tarixiy meros ob’ektlarini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro maslahatlashuv qo‘mitasi faoliyatini qayta tiklash va YUNESKO yetakchi mutaxassislarining mamlakatimizga maslahatlashuv tashrifini tashkil etishga doir kelishuvlarga erishildi.

B.XUDOYBERDIEV, O‘zA