Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yurtimizdagi OTMga qabul bo‘lyapti” Bu to‘g‘rimi?
10:27 / 2019-11-22

Bu ma’lumot qay darajada to‘g‘ri?


So‘nggi kunlarda yurtdoshlarimiz Jizzax shahrida Rossiya Federatsiya bilan hamkorlikda yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etilgani va unga abiturientlardan hujjat qabul qilinayotgani haqida gapirmoqda.

Bu ma’lumot qay darajada to‘g‘ri?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Jizzax viloyatida uchta oliy ta’lim muassasasi: Jizzax davlat pedagogika va Jizzax politexnika institutlari hamda O‘zMUning Jizzax filiali faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur oliy ta’lim muassasalarida yurtimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida kabi qabul jarayoni yakunlangan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 116 ta (95 ta mahalliy, 21 ta xorijiy) oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, ulardan birortasida ham qabul jarayoni olib borilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda tashkil qilinayotgan yangi oliygohlar, sohaga oid eng so‘nggi va tasdiqlangan ma’lumotlar bilan faqat rasman ma’lumot beradigan OAV va vazirlikning rasmiy telegram kanali - @edu.uz orqali tanishib borishni tavsiya qilamiz.