FOTOREPORTAJ
Qurbon hayiti – Islom olamining eng ulug‘ bayramlaridan bo‘lib, yurtimizda har yili katta shodiyona bilan nishonlanadi.
Bugun ushbu muqaddas ayyomda mamlakatimizning barcha hududlaridagi, jami 2090 ta jome masjidida Hayit namozi ado etildi. Minglab mo‘min-musulmonlar hamjihatlik ruhida ibodat amallarini bajardi.
Tong sahardan masjidlarga oshiqayotgan namozxonlar bir-birlariga salom berib, bayram tabriklarini izhor etdi. Masjid imom-xatiblarining xutba va ma’ruzalari esa insonlarni ezgulikka, xayrli ishlarga, mehr-oqibatga da’vat etdi.
Ta’kidlash kerak, barcha jome masjidlarida Hayit namozini yuqori saviyada tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlari keng olib borildi. Masjidlar tartibga keltirildi, namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratildi, namozxonlar soni ko‘p bo‘lgan yirik masjidlarda qo‘shimcha joylar tayyorlandi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rildi.
Quyida mamlakatimizning shahar va tumanlaridagi jome masjidlarida o‘qilgan Qurbon hayiti namozi jarayonidan tayyorlangan fotoreportajni e’tiboringizga havola etamiz:
Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Iskandarxo‘ja” jome masjidida.
[gallery-23785]
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi "Qo‘shchinor" jome masjidida.
[gallery-23786]
Navoiy shahridagi “Alisher Navoiy” jome masjidida.
[gallery-23787]
Namangan shahridagi “Mahmud Eshon” jome masjidida.
Samarqand shahridagi “Namozgoh” jome masjidida.
[gallery-23789]
Guliston shahridagi “Guliston” jome masjidida.
[gallery-23792]
Termiz shahridagi “Hakim Termiziy” jome masjidida.
[gallery-23791]
Quvasoy shahridagi “Mulla To‘raqul” jome masjidida.
[gallery-23792]
Qarshi shahridagi “Ko‘kgumbaz” jome masjidida.
[gallery-23793]
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi “O‘rta ovul” jome masjidida.
[gallery-23794]
Urganch shahridagi “Oxun bobo” jome masjidida.
[gallery-23795]
Kamola YUSUPOVA, O‘zA surat