O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ma’lum qilishicha, so‘ngi ikki yilda federatsiyaga yuzlab aviachipta bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushgan.
Shunday murojaatlardan biri, Denov tumanida yashovchi B.Maxkamovdan federatsiyasining ishonch telefoniga kelib tushgan. U o‘z murojaatida Denov shaharda joylashgan aviakassadan Buxoro-Novosibirsk yo‘nalishida 37 200 000 so‘mga chipta sotib olganligini aytadi.
Ammo, bekor bo‘lgan reys sabab B.Mahkamov chiptadan foydalanmagan. Bu uning aybi bilan bo‘lmasa-da, aviakassa tomonidan fuqaroga chipta pullari qaytarib berilmaydi. Denov shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari aviakassa xodimlariga qonuniy tushuntirish o‘tkazdi. Shundan so‘ng, aviakassadan chipta uchun to‘langan 27 900 000 so‘mi olib berilgan va qolgan 9 300 000 so‘m mablag‘ ro‘yxat orqali navbati bilan berilishi aytildi. Ma’lumotga ko‘ra, qolgan qismi qaytarilishi ham nazoratga olingan.
O‘zA