Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizda sogʻayganlar 20 ming nafardan oshdi
17:06 / 2020-08-07

7-avgust soat 17:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 057 (+248) nafarni tashkil etmoqda.


7-avgust soat 17:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 057 (+248) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 197 nafari Toshkent shahrida, 23 nafari Toshkent viloyatida, 15 nafari Xorazm viloyatida hamda 13 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Qibray tumanida yashagan 69 yoshli S.B. (erkak) hamda Mirzo Ulugʻbek tumanida yashagan 71 yoshli N.I. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Eʼtiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 286 nafar, Toshkent viloyatida 164 nafar, Andijon viloyatida 20 nafar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2 nafar, jami 472 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 20 059 (+472) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 817 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.