Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizda sayyohlik oqimini kengaytirishga qaratilgan forum o‘z ishini boshladi
12:09 / 2021-11-24

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Sayyoh-2021" forumi o‘z ishini boshladi.

Forum avvalida, «Xalqaro turistik huquq va turizm sohasida iste’molchilarning transchegaraviy murojaatlari» mavzusida ma’ruza tinglandi.

Unda chet ellik sayyoh (iste’molchi)larning murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish, ularga sifatli xizmat ko‘rsatish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda sohaga ilg‘or xalqaro tajribani joriy qilish haqida so‘z bordi.

«Turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida o‘tkazilayotgan “Sayyoh-2021" xalqaro forumi iste’molchilarning transchegaraviy murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning turizm va elektron tijorat sohasidagi huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.  Zero, har bir sayyoh qayerga tashrif buyurmasin, o‘sha yerda uning iste’molchi borasidagi huquqlari himoya qilinishi mamlakat turizmining rivoji uchun xizmat qiladi», dedi Federatsiya raisi J.Sarimsoqov

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati