Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 61 bandida“O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil qurilmalar chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari mobil qurilmalarni respublika hududiga olib kirish sanasidan qat’iy nazar, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun javobgar” ekani belgilangan.
Shunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan xarid qilingan mobil qurilmalar IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar xarid qiluvchi shaxs (iste’molchi)ning emas, mobil qurilmani respublika hududida sotish uchun olib kirgan tadbirkorlik sub’ektining (import qiluvchi) majburiyatiga kirishini eslatib o‘tamiz.
Mobil qurilmalarni harid qilishdan avval xushyorlik bilan ushbu qurilmaning IMEI kodlari o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tekshirishni unutmang!
Mobil qurilmani xarid qilish vaqtida uning IMEI kodlari ro‘yxatdan o‘tkazilganligini UZIMEI.UZ veb-sayti yoki 1170 qisqa raqamiga SMS/USSD so‘rov yuborish orqali tekshirish mumkin. Har bir kelib tushgan so‘rovlarga Tizim orqali IMEI kodning holatiga ko‘ra bir necha ko‘rinishda javob berilishi mumkin:
1. Agar mobil qurilma import qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to‘laqonli qonuniy ravishda olib kirilgan hamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, quyidagi ko‘rinishda javob beriladi:
Mobil qurilmani faqat shunday javob olganingizda sotib olishni tavsiya qilamiz.
2. Agar mobil qurilma jismoniy shaxsning pasport ma’lumotlari yordamida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, quyidagi ko‘rinishda javob beriladi:
«O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi» davlat unitar korxonasi matbuot xizmati.