English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizda million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan hududlar soni 7 taga yetdi
10:31 / 2021-08-27

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 26 avgustda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 301 584 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi.

Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 95 698 nafarni,

2-bosqich emlanganlar 145 598 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 60 288 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 13 468 108 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 9 188 876 nafarni,

2-bosqichda emlanganlar3 140 915 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 1 138 317 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 620 623 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

Toshkent viloyati (36 492 doza),

Xorazm viloyati (34 437 doza),

Samarqand viloyati (33 960 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

Farg‘ona viloyatida 1 578 579 doza,

Namangan  viloyatida 1 569 978 doza,

Andijon viloyatida 1 426 802 doza,

Samarqand viloyatida 1 294 595 doza,

Qashqadaryo viloyatida 1 090 460 doza,

Surxondaryo viloyatida 1 044 095 doza,

Toshkent viloyatida 1 001 623 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

 

Maftuna Karimova tayyorladi.