French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizda koronavirusning Omicron shtammi aniqlangani haqida nega kech bayonot berildi?
17:46 / 2022-01-10

Xabaringiz bor, kecha 9 yanvar kuni mamlakatimizda koronavirusning Omicron shtammi bilan ilk kasallanish holati qayd etilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, mamlakatimizga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19ning yangi – Omicron shtammi 7 yanvar kuni aniqlangan.

Ammo Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov 8 yanvar kuni SSV Matbuot xizmati orqali O‘zbekistonda Omicron aniqlanmaganini ta’kidlagan edi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida  ushbu holatga mutasaddilardan izoh so‘raldi. 
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari  Xolmamat Norboyevning izohicha,  Omicron shtammi dastlab 7 yanvar kuni aniqlandi. Biroq ushbu tashxis bo‘yicha dunyoning yetakchi mutaxassislari bilan maslahatlashish, uzoq tekshiruvlar o‘tkazish va uni tasdiqlash bilan bog‘liq jarayonlar tufayli uni o‘z vaqtida e’lon qilish imkoni bo‘lmagan va ikki kundan so‘ng jamoatchilikka ma’lum qilindi.  Qiziq,  Nurmat Otabekovning o‘sha kungi bayonotiga qaraganda, yuzaga kelgan jarayonlardan xabari bo‘lmaganmi?


Mohigul Qosimova, O‘zA