Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar 6 million dozadan oshdi
10:59 / 2021-07-24

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 23 iyunda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 184 622 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi.

Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 129 310 nafarni,  

2-bosqich emlanganlar 34 288 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 21 024 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 6 129 752 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 3 909 019 nafarni,  

2-bosqichda emlanganlar 1 606 771 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 613 962 nafarni tashkil qildi.  

23 iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

Farg‘ona viloyati (29 157 doza),  

Namangan viloyati (24 513 doza),

Andijon viloyati (19 561 doza),

band qildi.  

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

Namangan viloyatida 813 847 doza,  

Farg‘ona viloyatida 791 110 doza,  

Andijon viloyatida 683 196 doza,

Samarqand viloyatida 574 028 dozani tashkil qilmoqda.  

Emlash jarayonlari davom etadi.