Yurtimizda koronavirusga qarshi jami 2,9 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 21 iyunda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 47 882 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 21 163 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 14 641 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 12 078 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 2918909 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 1723 372 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 1068 278 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 127 259 nafarni tashkil qildi.
21 iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
Namangan viloyati (7 179 doza),
Camarqand viloyati (5 071 doza),
Farg‘ona viloyati (5 042 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
Farg‘ona viloyatida 344 657 doza,
Namangan viloyatida 340 317 doza,
Andijon viloyatida 332 141 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.