Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizda koronavirusga qarshi emlanganlar 600 ming nafardan oshdi
09:15 / 2021-04-28

27 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo‘ylab jami 34 445 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 600 379 nafarga yetdi.  

27 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

Farg‘ona viloyati (5357 nafar)

Toshkent viloyati (4235 nafar),

Samarqand viloyati (4138 nafar) band qildi.  

E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

Farg‘ona viloyatida 80874 nafar,  

Namangan viloyatida 62275 nafar,  

Samarqand viloyatida 60543 nafarni tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.