2021 yil 11 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 103206 (+314) nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining:
5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
5 nafari Andijon viloyatida,
6 nafari Buxoro viloyatida,
10 nafari Jizzax viloyatida,
11 nafari Qashqadaryo viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
5 nafari Namangan viloyatida,
21 nafari Samarqand viloyatida,
4 nafari Sirdaryo viloyatida,
9 nafari Surxondaryo viloyatida,
17 nafari Farg‘ona viloyatida,
4 nafari Xorazm viloyatida,
42 nafari Toshkent viloyatida,
172 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar,
Buxoro viloyatida 5 nafar,
Navoiy viloyatida 2 nafar,
Namangan viloyatida 6 nafar,
Samarqand viloyatida 20 nafar,
Farg‘ona viloyatida 11 nafar,
Toshkent viloyatida 46 nafar,
Toshkent shahrida 133 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 99152 (+229) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 705 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3349 nafar bemor davolanmoqda.