Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizda ilk bor noyob yurak jarrohligi amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi
00:34 / 2025-08-13

Toshkent davlat tibbiyot universitetining Bolalar ko‘p tarmoqli klinikasida amalga oshirilgan noyob yurak jarrohligi amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendianti, bolalar kardiojarrohi Bobur Turayev tomonidan 6 yoshli bemorning zararlangan uch tabaqali klapani olib tashlanib, uning o‘rniga yurakning o‘ng bo‘lmachasi quloqchasidan yasalgan klapan o‘rnatildi.

Murakkab texnik mahorat talab etuvchi ushbu jarrohlik amaliyoti mamlakatimizda ilk bor bajarildi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi yuqori darajali tibbiy muolaja dunyoda faqat eng rivojlangan tibbiyot markazlarida amalga oshiriladi.

Amalga oshirilgan operatsiya nafaqat milliy tibbiyotimizdagi yutuq, balki mahalliy mutaxassislarimizning bilim va tajribasi jahon andozalariga mos ekanini yana bir bor tasdiqladi.

M. Qosimova, O‘zA