Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizda eksport mahsulotlari miqdorini ko‘paytirishga katta e’tibor qaratilmoqda
17:58 / 2021-05-10

Agar inson tafakkur qilmasa, o‘zini o‘rganmasa, qanday imkoniyatlarga ega ekanini bila olmaydi. Mamlakatlar ham xuddi inson kabidir. Agar qaysidir yurtda aql egalari ichki imkoniyatlarni ishga solsa, o‘sha mamlakat rivojlanish sari yuz tutadi.

Shu bois keyingi yillarda yurtimizda sanoat ishlab chiqarish hajmini oshirish va eksport mahsulotlar miqdorini ko‘paytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Buning zamirida xalqimiz farovonligini ta’minlash va dunyo bozorida o‘zbek mahsulotlarining munosib o‘rnini topishdek ezgu maqsad mujassam.

Tashqi bozorda o‘z o‘rni va mavqeyiga ega bo‘lib borayotgan "Artel" kompaniyasi ham eksport mahsulotlari bilan mamlakat rivojiga hissa qo‘shib kelyapti. Birgina misol, 2021 yilning dastlabki choragida 20 million dollarlik mahsulot eksport qilishga erishildi.

2020 yili eksport mahsulotlarining katta ulishi — 35 foizi yon qo‘shnimiz Qozog‘iston Respublikasi hissasiga to‘g‘ri keladi. "Artel"ning ilk tashqi bozorlaridan biri bo‘lgan ushbu mamlakatda birgina oshxona plitalarining 65 foizini milliy mahsulotimiz tashkil etayotgani quvonarlidir. Bunga esa o‘z-o‘zidan erishilgani yo‘q. Negaki, "Artel" bundan 10 yil avval – 2011 yildan boshlab oshxona plitalarini ishlab chiqarishni boshlagan bo‘lsa, shu kungacha tinimsiz ravishda mahsulotni takomillashtirish ustida ish olib bordi. Natijada, zamonaviy dizaynga va yuqori darajadagi tejamkorlikka ega mahsulot ishlab chiqarishga erishdi. Sifat standartining bunday yaxshilanishi nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham bugun o‘z so‘zini aytmoqda.

Ammo bu hali imkoniyatlarimizdan to‘la foydalana oldik, degani emas. Masalan, birinchi chorakdagi eksport mahsulotlarining 20 foizi Rossiya Federatsiyasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu mamlakatda katta iste’mol bozori borligini hisobga olsak, bu boradagi ishlarni jadal rivojlantirish kerak ekani oydinlashadi. "Artel" aynan shu maqsadda bugun qator xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘ymoqda.

Masalan, Yaman Respublikasiga yurtimizda ishlab chiqarilgan kondetsioner, dudburon, oshxona plitasi, mikroto‘lqinli va mini pechlar, changyutgich, kir yuvish mashinasi, televizor, sovutgich hamda mobil telefonlar yuborildi. E’tiborlisi, ushbu mahsulotlar 130 ming AQSH dollardan ziyod mablag‘ keltirdi. Kelgusida ushbu ko‘rsatkichni yanada yaxshilab umumiy eksport miqdorini 5 million AQSH dollariga yetkazish ko‘zlangan.

Yana bir yangi hamkorimiz Tanzaniya Birlashgan Respublikasiga 100 ming AQSH dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilindi. Shu bilan birga, Suriya bilan ham savdo aloqalarini yaxshilash borasida tomonlar shartnoma imzolashga erishdi. Hozircha ushbu mamlakatga sovutgich, televizor, kir yuvish mashinalari yetkazib berish nazarda tutilgan bo‘lsa, kelgusida mahsulot turi va miqdori ko‘payishi kutilyapti.

Umuman aytganda, bugun "Artel" kompaniyasi tashqi bozordan mustahkam o‘rin olib, eksport mablag‘lari evaziga xalqimiz farovonligi, yurt ravnaqiga hissa qo‘shish istagida. Bu maqsadning ne chog‘lik jiddiy ekanini 2019 yilga nisbatan o‘tgan 2020 yilda eksport hajmining 32 foizga oshganida ham ko‘rish mumkin.

Joriy yilda esa bundan ham yuqori natijaga erishish uchun dunyo bozorini o‘rganib ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulotni yanada takomillashtirish va sifat standartini mustahkamlash borasida izlanishlar olib borilmoqda.