Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizda buyrak yetishmasligi bilan og‘rigan bemorlar soni 14 mingdan ortiq...
19:38 / 2022-08-10

Nefrologiya sohasi rivojlanishi barobarida buyrak xastaliklari soni ham ortib bormoqda. bugungi kunda yurtimizda xronik buyrak yetishmasligi bilan og‘rigan bemorlar soni 14 mingdan ortiq. Gemodializ oladigan bemorlar ro‘yxatida 4 ming 456 ta bemor turadi.

So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida ko‘plab qulayliklar yaratildi.

2016 yilda nefrologiya sohasiga, aynan gemodializ xizmatini tashkil etish uchun davlat byudjetidan 18 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, bu yil 145 milliard so‘m ajratildi. Natijada gemodializ markazlari soni ko‘paytirildi. Bundan 6 yil avval eng yaqin gemodializ markaziga 100-200 km. masofa bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bunday markazlarning soni ortib, 29 tadan 65 taga yetdi. 240 ta dializ apparati 700 taga yetkazildi.

Avval viloyat markazi va 2 ta tumanda dializ markazi bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 23 ta tuman dializ markazlari bilan ta’minlandi. Transplantatsiya amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi ko‘plab bemorlarni hayotga qaytardi. Bu yil boshidan buyon 96 ta buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajarildi.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan «Hukumat soati»da Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev ma’lum qildi.

M.Komilova, O‘zA