Yurtimizda bolalarni koronavirusga qarshi emlashda eng faol hududlar qaysi?
31 yanvar holatiga ko‘ra, yurtimizda 741 856 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bu haqda xabar qildi.
Ulardan 1-bosqich emlanganlar 463 877 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 277 979 nafarni tashkil qildi.
Xususan, bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Farg‘ona (173 978 doza), Samarqand (110 393 doza), Andijon (83 032 doza), Qashqadaryo (66 164 doza), Namangan (65 121 doza) viloyatlarida yuqori ekani ahamiyatli.