Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizda biznes ta’lim holati qanday?
17:16 / 2018-07-20

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida “Respublika aholisining keng qatlamlarini tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha o‘quv jarayonlarini takomillashtirishning istiqbollari” mavzusida videokonferensiya tarzidagi davra suhbati tashkil etildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida “Respublika aholisining keng qatlamlarini tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha o‘quv jarayonlarini takomillashtirishning istiqbollari” mavzusida videokonferensiya tarzidagi davra suhbati tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Respublika tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazi, Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston-Xitoy savdo-sotiq assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida ishtirokchilar Respublika tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazi, tomonidan biznes ta’limi natijadorligi, aholining keng qatlamlarini tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va ularning samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qildi.

Joriy yilning birinchi yarmida markaz tashkil etgan o‘quv kurslarida jami 5 yarim mingga yaqin tadbirkorlik subyekti tahsil oldi. Tinglovchilarning 500 ga yaqini tadbirkorlik faoliyatini yangidan boshladi, 221 tadbirkorlik subyekti faoliyati kengaydi. Natijada 920 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Bu vaqt davomida markaz tinglovchilari o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash, rivojlantirish maqsadida 5,8 milliard so‘m miqdoridagi kredit mablag‘larini oldi.

Davra suhbatida ta’kidlanganidek, tizimda hali kamchiliklar ham mavjud.

– Markaz faoliyatini hududiy kesimda tahlil qilsak, qator kamchiliklar mavjud, – deydi Respublika tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazi rahbari Ulug‘bek Kamoliddinov. – Qator viloyatlarda o‘quv kurslari haqida televideniye, radio, gazetalarda e’lon berilmagan, ular faoliyati yoritilmagan. Toshkent va Samarqand viloyatlari tumanlarida 3 oy davomida o‘quv kurslari o‘tkazilmagan. Navoiy viloyatida esa kurslarda qatnashib sertifikat olgan tinglovchilarning muammolari yuzasidan so‘rovlar o‘tkazilmagan.

Davra suhbati yakunida markaz oldida turgan dolzarb vazifalar va kelgusi rejalar haqida ham ma’lumotlar berildi.