Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning xalqaro e’tirofi
12:44 / 2026-02-25

Jahon banki yangilangan metodologiyasiga asoslangan "Ayol, biznes va qonun" indeksining 2026-yilgi hisobot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini 43 pog‘onaga yaxshilab, 100 dan 82,1 ball bilan 190 ta davlat orasida 48-o‘rinni egalladi.

Xalqaro ekspertlar xulosasiga ko‘ra, O‘zbekistonda gender tenglik bo‘yicha huquqiy kafolatlar mustahkamlangani, mehnat munosabatlarida tenglik normalari joriy etilgani, onalik va ota-onalik ta’tili kafolatlari kengaytirilgani, tadbirkor xotin-qizlar uchun teng sharoitlar yaratgani hisobiga reytingda eng tez o‘sayotgan davlatlardan biriga aylangan.

Hisobotda alohida qayd etilishicha, O‘zbekiston Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida davlat xaridlarida gender omilini hisobga oluvchi qonunchilikka ega bo‘lgan sanoqli (jami 3 ta) davlatdan biri hisoblanadi. 

Shuningdek, 2023-2025-yillar oralig‘ida tadbirkorlik sohasida gender tengligini ta’minlovchi yangi islohotlarni amalga oshirgan davlat sifatida e’tirof etildi.

Indeksga ko‘ra, O‘zbekistonning huquqiy islohotlar sohasidagi ko‘rsatkichi (82,1 ball) uni jahonning eng ilg‘or mamlakatlari qatoriga olib chiqdi. Mamlakatimiz xotin-qizlar uchun teng huquqiy muhit yaratish borasida Braziliya, Turkiya, Xitoy, Yaponiya, Gruziya, Singapur, Janubiy Koreya va Hindiston kabi davlatlarni ortda qoldirdi. Mazkur nufuzli xalqaro indeksda qayd etilgan natija Yangi O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan tizimli islohotlar xalqaro miqyosda e’tirof etilganini ko‘rsatadi.

N.Usmonova, O‘zA