Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimiz yanada gullab-yashnayversin
14:11 / 2023-07-12

Keksalikda odam atrofidagi voqealarni, oq-qorani shoshilmay, his-hayajonga berilmay baholar ekan. Hozirda saksondan oshib, to‘qson yoshga qarab ketyapman. Umrim bo‘yi turli sohalarda rahbarlik vazifalarida ishladim, elga xizmat qildim.

O‘tgan 2022 yilning 23 noyabrida Yurtboshimizning Navoiy viloyatiga tashrifi davomida Uchquduq studiyasidan turib onlayn suhbatlashish baxtiga muyassar bo‘ldim. Hududdagi eng muhim masala suv muammosini aytishni dilimga tugib, so‘z olganimda Prezidentimiz qizilqumliklarning bugungi hayotidan, turmush darajasidan xabardorligini bildirib, masalaning yechimini ochiq-oydin bayon qilgan edi. Natijada tuman markaziga juda katta mablag‘ evaziga ichimlik suvi quvurlari tortish, “Mingbuloq” suv omborining 7 kilometr uzunlikdagi suv trassasini almashtirish, shahar markazining isitish tizimini yangilash masalalari “Yo‘l xarita”dan o‘rin oldi.  

Bugun ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Bularning barchasi Davlatimiz rahbarining cho‘lning og‘ir sharoitida yashayotgan oilalar turmushini farovon etish, ertangi kunga ishonch, yoshlarga g‘ayrat-shijoat bag‘ishlash, mehnatlariga yarasha munosib sharoitlarga ega bo‘lish orzusini amalga oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarining bir ko‘rinishidir.  

Muloqotdan keyin: “Eh, qaniydi yosh bo‘lsam”, deb o‘ylanib qoldim. Bugun mahallaning to‘ri bizniki! Mahalladoshlarimga Yurtboshimizning dardiga malham bo‘laylik, qanotlariga kiraylik, xalqparvar, dono Yo‘lboshchi xalqning baxti,deyman.  

– Ayting, biz nima qilaylik Abdulla bobo? – deyishadi yoshu qari.  

– Hech narsa qilma, mehnatingni bil. O‘zbekistonimizning buguni, ertangi kuni, kelajagi uchun mehnat qil, jon-jahdingni ayama. Yana bir-biringga ko‘z-quloq, mehribon bo‘l, insof diyonatni yo‘qotma, bolalaringga nasihat qil. Yana aytaman, bovirlarim, qozoqning o‘zbekdan yaxshiroq qondoshi yo‘q, senlar shuni bil. Biz bir daraxtning ikki shoximiz, buni unutma, deyman.  

Bugun Uchquduq tumanida 41 mingdan ziyod aholi yashaydi. Uning 25 foizi qozoqlar. 14 qozoq maktabi ishlab turibdi. Qozoq birodarlarimiz yashaydigan olis ovullarning barchasi “Obod qishloq” Davlat dasturi doirasida zamonaviy ko‘rinish kasb etgan. Har bir ovuldagi o‘nlab ijtimoiy soha ob’ektlari kapital ta’mirlandi yoki yangidan barpo etildi. Barcha ovul yo‘llari ta’mirlanib, tekis va ravon yo‘llarga aylandi. Qizilqum kengliklarida chorvaning soni yildan-yilga ortib, aholi farovonligi ham shunga mutanosib ravishda o‘sib bormoqda.  

To‘ylarimizda o‘zbekning surnayiga qozoqning do‘mbirasi, askiyasiga aytishuv ulanib ketadi. Bizga yana ne kerak?!  Aziz yurtboshim. Siz har bir qozoq uyining to‘rida, qalbining qo‘rida ardoq topgan insonsiz. Biz keksalarga ko‘rsatayotgan mehr-muruvvatingiz uchun Sizdan behad minnatdormiz.  

Abdulla Keruyenbayev,

mehnat faxriysi, “Do‘stlik” ordeni sohibi

O‘zA