Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimiz faxri bo‘lgan sportchilar ishtirokida “Matonat darsi”
15:13 / 2024-09-19

FOTOREPORTAJ

Sharqiy harbiy okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazida Parij shahrida o‘tkazilgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari, yoshlar, harbiy xizmatchilar, faxriylar davlat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Matonat darsi” o‘tkazildi. 

Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov so‘zga chiqib, Yorqinbek Odilov, Shaxinaxon Yigitaliyeva va Mohigul Hamdamovaning XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi yuksak natijalarini e’tirof etib, ularni yana bir bor tabrikladi. 

[gallery-19348]

Yurtimizda sportchilar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar xususida alohida so‘z yuritdi. 

Matonat darsi davomida okrug qo‘shinlari qo‘mondoni tomonidan Paralimpiya sovrindorlariga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Tadbir yoshlarni sportga qiziqtirish, o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, g‘alaba uchun doimo harakatda bo‘lish, yurtimiz bayrog‘ini balandlarga ko‘tarishga undashi bilan ahamiyatli. 

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA