Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtimga xush kelding, Navro‘zi olam!
12:44 / 2023-03-18

Andijon davlat chet tillari institutida o‘tkazilgan bayram tadbiri shunday nomalandi.

Navro‘zi olam. Xalqimizning uzoq o‘tmishi, milliy qadriyatlari, asriy an’ana va urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan boqiy va hamisha navqiron ushbu bayram butun mamlakatimizda yuqori ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda. Jumladan, bayram munosabati bilan institutda o‘tkazilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar, mehnat faxriylari, ishchi-xodimlar va talabalar ishtirok etdi.  

Bayram tadbiri ochilishida institut rektori Dilshodbek Rustamov  barcha ishtirokchilarni Navro‘zi olam bilan muborakbod etdi.  

— Juda qadim zamonlardan buyon nishonlanib kelayotgan Navro‘z turli davrlarda turli tayziqu sinovlardanda omon o‘tdi, o‘zinig asl mazmun-mohiyatini yo‘qotmadi, – deydi Andijon lug‘atshunoslik va tarjimashunoslik ilmiy-amaliy innovatsiyalar markazi direktori, professor Muxtorxon Umarxo‘jayev. – Asrlar davomida hech bir kuch  xalqimizni Navro‘z bilan bog‘lab kelayotgan rishtalarni uza olmadi. Aksincha, ushbu bayram yanada sayqal topib, yangicha udum va qadriyatlar bilan boyidi.  

Bayram tadbirida, oliygohda uzoq yillar samarali mehnat qilgan mehnat faxriylari, ustoz o‘qituvchilarga alohida ehtirom ko‘rsatildi. Talaba qizlar tomonidan tayyorlangan sumalak, ko‘k somsa, chuchvara singari bahoriy taomlar bilan bezatilgan to‘kin dasturxon, ko‘rgazmalardan barcha bahramand bo‘ldi. Ayniqsa, sahnaning o‘ziga xos sharqona dekoratsiyalar bilan bezatilganligi barchaga manzur bo‘ldi.  

Talabalar “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasining chiqishlari, san’atkorlar tomonidan namoyish etilgan badiiy dastur ishtirokchilarga xush va bayramona kayfiyat ulashdi.  

F. UBAYDULLAEV,  

Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA