Munosabat
– So‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik. Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik.
Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda, – dedi davlatimiz rahbari 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomada.
Abduhoshim Ismoilov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti:
– Bugun boshimiz osmonda, Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida aqlimizni lol qiladigan so‘zlar aytildi. Yurtim, xalqim, farzandlarim – bu so‘zlar hamma narsani o‘zida jamlaydi. Uning ortida fidoyilik, shu elga ehtirom bor. Buni teran anglashimiz, mehnat qilishimiz, halol yashashimiz zarur. Prezidentimizning bugungi so‘zlaridan chin ma’noda g‘ururlanib ketdik. Yuragidagi armonlarni, maqsadlarni xalqqa ochiq aytayotgan ekan. Buni samimiy qadrlashimiz lozim.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/gLjMkHUQCEc" title="Yurtim, xalqim, farzandlarim – bu so‘zlar hamma narsani o‘zida jamlaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV yozib oldi, O‘zA