English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtdoshlarimiz yurt istiqboliga befarq emas
17:51 / 2023-05-18

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Prezident saylovida ishtirok etish uchun saylovchilar imzolarini to‘plashga kirishdi.

Mazkur jarayon partiyaning 14 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotlarida, fuqarolarning ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, tashviqot yuritish va imzo to‘plash qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda uyushqoqlik bilan tashkil qilinyapti. Hududiy partiya tashkilotlari qoshida tashkil qilingan ishchi guruhlar imzo to‘plash ishlariga tashkiliy, huquqiy va boshqa jihatdan ko‘maklashmoqda.  

Ushbu muhim jarayonga mas’ul partiya faollari imzo to‘plash tadbirlari yurtdoshlarimizning ijtimoiy-siyosiy ong-tafakkuri yanada yuksalgani, mamlakatimiz istiqboliga daxldor jarayonlarga befarq emasligi, shuningdek, partiya nufuzi tobora oshayotganini ko‘rsatayotganini alohida qayd etmoqda. Aholining barcha qatlamlari vakillari o‘z ixtiyori bilan, ko‘tarinki kayfiyatda, eng muhimi, zimmalaridagi burch va mas’uliyatni chuqur anglagan holda nomzodning saylovda ishtirok etishiga xayrixohlik bildirmoqda.

Imzo yig‘ish bilan bog‘liq tadbirlar qonunchilikda belgilangan me’yorlarga qat’iy rioya etilgan tarzda  respublikamizning barcha hududlarida qizg‘in davom etmoqda.

O‘zA