Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtdoshlarimiz uchun Yaponiyada ishlash imkoniyati kengaymoqda
18:22 / 2025-02-18

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida mamlakatimiz fuqarolari mehnat migratsiyasi masalasiga bag‘ishlangan seminar va davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va ushbu davlatning qator ish beruvchi korxonalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Elchi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov ishtirokchilarni sohadagi hozirgi ahvol, xorijda ishga joylashish jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan islohotlar bilan tanishtirdi.

Uchrashuv chog‘ida JICA tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Yaponiyada bandlik imkoniyatidan foydalangan holda, O‘zbekistonning sanoat sohasi kadrlari
salohiyatini oshirish” loyihasi taqdim etildi.

Shuningdek, fuqarolarimizga ish qidirishda ko‘maklashadigan “Japan Career Portal” onlayn platformasi namoyish etildi.

E’tiborlisi, ko‘plab yapon kompaniyalari o‘zbekistonlik mutaxassislarga qiziqish bildirdi. Muhokama doirasida tomonlar mehnat muhojirlarini yapon tili bo‘yicha o‘qitish, ularning malakasini oshirish uchun amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Ikki davlatning mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirishga intilishini ifodalagan tadbirda kelgusi qo‘shma faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi.

Aziza Alimova, O‘zA