Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtdoshlarimiz saylov jarayonlaridan qanchalik xabardor? — So‘rovnoma o‘tkazildi (+video)
16:35 / 2024-10-16

Ma’lumki, shu yil 27 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga saylov bo‘lib o‘tadi. Ayni kunlarda mazkur siyosiy jarayonlarga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlar saylovoldi targ‘ibot-tashviqot ishlarini jadal olib bormoqda.

Xo‘sh, mamlakatimiz hayotida bo‘layotgan ushbu muhim siyosiy tadbirlar haqida fuqarolar qanchalik xabardor? Aholi vakillari siyosiy partiyalarning faoliyati va ularning g‘oyalari haqida qay darajada bilishadi?   

Biz shu kabi blits-savollarimiz bilan yurtdoshlarimizga yuzlandik va ularning fikrlari bilan qiziqdik.   

—Yaqinda yurtimizda bo‘lib o‘tadigan saylovlar haqida xabardormisiz?   

— Mamlakatimizda nechta siyosiy partiya bor?     

— Sizga qaysi partiyaning g‘oyalari ko‘proq ma’qul keladi?   

— Har bir fuqaro saylash huquqiga ega. Siz saylov kuni ovoz berishda ishtirok etasizmi?   

— Aralash saylov tizimi haqida nimalarni bilasiz?   

— Deputatlikka saylanadigan nomzodlar, umuman, bugungi kun deputati qanday bo‘lishi kerak deb o‘ylaysiz?   

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-JRdiMrCK_w" title="Yurtdoshlarimiz saylov jarayonlaridan qanchalik xabardor? — Soʻrovnoma oʻtkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shu kabi savollarimizga turli yoshdagi yurtdoshlarimizning fikr-mulohazalarini quyidagi videohavolada ko‘rishingiz mumkin.  

So‘rovnomamizda ishtirok etganlarning deyarli ko‘pchiligi saylov jarayonlaridan xabardorligini bildirdi. Ammo aralash saylov tizimi haqida deyarli ma’lumotga ega emasliklari ma’lum bo‘ldi.   

Muhtarama Komilova,

Abror Sodiqov, Anvar Ahmedov (video), O‘zA