O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 5-Navoiy okrug komissiyasi tomonidan navbatdagi brifing o‘tkazildi. Unda okrug komissiyasi raisi Nazira Tog‘ayeva “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan referendum jarayoni to‘g‘risida axborot berdi.
Ta’kidlanganidek, Navoiy viloyatida ham tashkil etilgan uchastka komissiyalarida ovoz berish jarayonlari ertalabki soat 8:00da davlat madhiyasi sadolari ostida ochilib, o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur siyosiy tadbirda yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasiga o‘z munosabatini bildirmoqda. Viloyatimizdagi tuman va shaharlarda tashkil etilgan uchastkalarda fuqarolarning ovoz berishi, o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
[gallery-11660]
Viloyatda jami 411 ta referendum uchastkasi mavjud bo‘lib, ovoz beruvchilar 621 ming 679 nafarni tashkil etadi. Shundan birincha marta ovoz berayotganlar 18 ming 225 nafar, muddatidan oldin ovoz berganlar soni esa 8 ming 241 nafardan iborat.
Bugun soat 12:00 gacha 361 ming 99 nafar, ya’ni 58,1 foiz viloyatdoshimiz ovoz berdi.
Hududlarda ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.
A.Bo‘riyev,
S.Aslonov (surat), O‘zA