Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtdoshlarimiz qurilish ob’ektlarida ishlash uchun Sankt-Peterburgga yetib bordi
12:47 / 2021-08-18

Rossiya Federatsiyasining "Baltrans" korxonaci o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi asosida tanlovlar o‘tkazilib, tibbiy ko‘rik natijalari ijobiy chiqqan 16 nafar fuqaro Sankt-Peterburgdagi qurilish ob’ektlarida ishlash uchun jo‘nab ketgani xabar qilingan edi.

Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tib, Sankt-Peterburg shahriga ishlash uchun ketgan fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasi vakillari tomonidan kutib olinib, tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu fuqarolarni ro‘yxatga olish, patent rasmiylashtirish, uch mahal issiq ovqat va yashash joyi bilan ta’minlash ish beruvchi tomonidan kafolatlangan.