Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurtdoshlarimiz Moskva shahrida kasbga, mehnat va texnika xavfsizligiga o‘qitiladi
13:18 / 2021-08-24

Rossiya Federatsiyasi hududida o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini kasb-hunar va rus tiliga o‘qitish ishlarini o‘rganish maqsadida ushbu davlatda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Ishchi guruhi bo‘lib turibdi.

Moskva shahridagi US-10 kasbga o‘qitish, mehnat va texnik xavfsizlik markazi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda kelishib olinganidek, o‘zbekistonlik mehnat migrantlari santexnik, elektrik, qurilish kabi kasblarga o‘qitiladi va qurilish tashkilotlarida tashkil etilgan o‘quv maydonlarida amaliyot o‘tab, keyinchalik qurilish ishlariga jalb qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Moskva shahridagi turli kasb va rus tili kurslarida o‘qish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxati shakllantirilmoqda. Yurtdoshlarimizdan tez kunlarda mazkur ro‘yxatga yozilishi so‘raladi.

Murojaat uchun, Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2 (Metro Polyanka).

Tel: +7 (925) 045 47 44. info.pavtm@mail.ru.