Yurtdoshimiz Gran-pri sohibi
Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumidagi xalqaro turnirda dunyoning 30 dan ziyod mamlakatidan kelgan 250 dan ortiq dzyudochi sovrinli o‘rinlar uchun kurashdi.
Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumidagi xalqaro turnirda dunyoning 30 dan ziyod mamlakatidan kelgan 250 dan ortiq dzyudochi sovrinli o‘rinlar uchun kurashdi.73 kilogramm vazn toifasida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Mirzohid Farmonov dastlab turkiyalik Murod Bektosh, chorak finalda sloveniyalik Rok Draksich, yarim finalda kosovolik Akil Gjakovni mag‘lubiyatga uchratdi.
Musobaqaning final bellashuvida polvonimiz mezbon sportchi Hasan Vanlio‘g‘li ustidan zafar quchdi va shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi.