Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurt tinchligi mard o‘g‘lonlar himoyasida
10:32 / 2022-01-10

Navoiy viloyatida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan “Harbiy vatanparvarlik” festivali bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida “Milliy armiyamiz – milliy g‘ururimiz” mavzusida ma’naviy-madaniy tadbirlar o‘tkazildi. Viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Madaniyat boshqarmasi va bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan tadbirda yurtimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotan islohotlar, O‘zbekistonning harbiy salohiyati, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z bordi.

Festival doirasida yoshlarning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy Gvardiya Navoiy viloyati bosh boshqarmasi hamda harbiy qismlarning maxsus bo‘linmalari tomonidan jangovorlik ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat, kamondan o‘q otish, arqon tortish, tosh ko‘tarish musobaqalari barchada katta qiziqish uyg‘otdi. G‘oliblar va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. San’atkorlar va 7532-sonli harbiy qism orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan Vatanni va yurtni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Abduvali Bo‘riyev, 
Siroj Aslonov (surat), O‘zA