Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurt tilsimlari: Imom Moturidiy ziyoratgohi (+video)
13:48 / 2024-04-09

Kalom ilmida moturidiya oqimining asoschisi, Islom olamida Imom-ul-Hudo (Hidoyat imomi) deb tanilgan buyuk ilohiyot olimi, faqih, shayx Muhammad ibn Mahmud al-Xanafiy al-Moturidiy 870-yilda Samarqandning Moturid mavzesida tug‘ilgan. Dastlab maktabda savod chiqarib, keyin madrasa ta’limini olgan.

Imom al-Moturidiy Imom Ash’ariy, Rudakiy, Abul Hasan Balxiy, Farobiy kabi olimlar bilan bir zamonda yashab, imom Muhammad al-Buxoriyni o‘zining ma’naviy ustozi, deb bilgan. Alisher Navoiy Imom al-Moturidiyning sha’nini ulug‘lab, u kishiga “Buyuk ulamolar sultoni” deya yuksak baho bergan. 

IX-X asrlarda Islom dinini noto‘g‘ri targ‘ib va talqin qiluvchilar ko‘payganligi sababli Imom al-Moturidiy o‘zining asarlari bilan ularga qarshi kurashadi. Uning “Kitob al-Tavhid” asari alohida o‘rin tutadi. Imom al-Moturidiy 944-yilda Samarqandda vafot etadi va shahardagi Chokardiza qabristoniga dafn etiladi. 

2000-yilda allomaning 1130-yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi, imom qabri ustida yangi maqbara barpo etildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_4Y2UG_TMcQ" title="Yurt tilsimlari: Imom Moturidiy ziyoratgohi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, I.Ismatov O‘zA