Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurt tilsimlari: “Dilkusho” masjidi (+video)
16:14 / 2024-05-14

Mustaqilligimizning dastlabki davrlaridan boshlab, dinimiz Islomga bo‘lgan e’tibor yanada jadallashtirilishiga imkoniyat yaratildi. Shunday islohotlar jumlasiga Dilkusho mahallasida joylashgan katta masjid qurilishini misol qilishimiz mumkin.

Masjid qurilishida ilk fikr paydo bo‘lgandan so‘ng, uning hujjatlarini tayyorlash va jamoa bo‘lib ibodat qilish uchun ruxsat olish, hoji  Hidoyatullo domlaning sa’y-harakatlari samarasi natijasida Dilkushoda masjid qurilib, 1991-yilning martida ishga tushdi.      

Boshlanishida masjid kichik sig‘imga ega bo‘lib, qisqa davr ichida, aynan hoji Hidoyatullo domlaning harakatlari sababli ham eniga, ham bo‘yiga, uch marta qayta qurilib kengaytirildi.    

Dilkusho masjidining qayta qurish va kengaytirish hisobidan amalga oshirish imkoniyati 2019-yil yozida, Ramazon hayitidan so‘ng paydo bo‘ldi. Masjid loyihasiga asosan binoning ichida 1200-1500 nafar namozxon ibodat qilishi mumkin. Hozirgi kunda masjid binosi barcha qulayliklarga ega bo‘lib, namozxonlar o‘z ibodatlarini ado etib kelmoqdalar.  

<iframe width="990" height="557" src="https://www.youtube.com/embed/fD2nMUUr3uY" title="Yurt tilsimlari: “Dilkusho” masjidi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, I.Ismatov (video), O‘zA