Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurt obodligi uchun barcha faollik ko‘rsatmoqda
15:35 / 2024-08-24

Toshkent viloyatida ham Mustaqilligimizning o‘ttiz uch yillik to‘yi oldidan “Mahalla obod – yurt obod!” shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Xususan, barcha tuman va shaharlardagi 1 ming 25 ta mahalla, aholi punktlari, ko‘p qavatli binolar va hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalari tartibga keltirilmoqda. 

Xususan, O‘rta Chirchiq tumani va Yangiyo‘l shahri bo‘yicha mazkur sa’y-harakatlarda keng jamoatchilik, yoshlar yetakchilari, faol o‘g‘il-qizlar, volontyorlar ishtirokida atrof-muhitni asrab-avaylash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga uyushqoqlik bilan kirishildi. 

[gallery-18898]

Turarjoy mavzelari va ko‘chalar atrofiga mevali-manzarali nihollar va gul ko‘chatlari ekish, daraxtlarni oqlash va shakl berish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlarga 300 ming nafardan ziyod aholi jalb qilingan. 

– Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mahallalar obodligini ta’minlash hamda qiyofasini tubdan yaxshilash bo‘yicha Toshkent viloyatida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi rahbari Shuhrat Hoshimov. – Jumladan, hududlar obodligini ta’minlash va xonadonlarni ozoda saqlashda aholiga mahallaning o‘zida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuman, shaharlarda mahalla servis kompaniyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilmoqda. Buning natijasida 432 ta mahalla jinoyatchilikdan, 160 ta mahalla oilaviy ajrimdan, 56 ta mahalla ishsizlikdan holi hududga aylantirildi. “Sayxunobod” tajribasi asosida tomorqadan samarali foydalanish orqali kam daromadli 6 ming 644 ta xonadonda qo‘shimcha daromad manbai yaratildi. Bugun-erta o‘tadigan hashar ham eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida yurtimiz qiyofasining yanada go‘zal bo‘lishiga, xalqimizni jipslashtirishga, mehr-oqibatga undaydi. 

A. Musayev, A.Alijonov (surat), O‘zA