Yurtimizda istiqomat etayotgan har bir fuqaro bugun o‘tayotgan saylov kunida o‘z o‘rni va o‘z ovozi bilan munosib ishtirok etmoqda. Erta tongdan Toshkent viloyatidagi 1006 ta saylov uchastkasining barchasida bir vaqtning o‘zida ovoz berish jarayonlari boshlandi.
Xususan, Nurafshon shahridagi 7-saylov uchastkasida ham soat 8.00 da O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
Mazkur saylov uchastkasi “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bo‘lib, 2071 nafar fuqaro ovoz berish uchun ro‘yxatga olingan. Ulardan 122 nafari muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etdi.
Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev oila a’zolari bilan mazkur saylov uchastkasiga kelib, o‘zi munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdi. Shundan so‘ng hudud nuroniylari, ilk marta ovoz berayotgan yoshlar va jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Qizg‘in suhbat davomida yurt kelajagi yo‘lida har biri inson mas’ul ekanligi, taraqqiyot uchun fidoyi bo‘lish kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlarga, hamda saylov uchastkasida faoliyat olib borayotgan ishchi guruhiga omad tiladi.
Nuroniylar yurtimiz kelajagi, ravnaqi, tinchligi uchun duoga qo‘l ochib, yaratgandan xayrli va barokatli kunlar, yillar davomiy bo‘lishini so‘radi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fthnkA5a7Jk" title="Yurt ishiga fidoyi boʻlmoq kerak" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Hududlarda saylov jarayonlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
A.Musayev, O‘zA.